• Ishonch telefoni: (+998) 71 244-05-05
Bosh safiha / Vazirlik haqida

Vazirlik haqida

O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5392-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona davlat ilmiy-texnika siyosatini olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlaydigan energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan innovatsion loyihalar va echimlarni kurilish faoliyatiga joriy etish;
  • respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik xujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish;
  • shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-kurilish faoliyatini rivojlantirishning uzok muddatli va o'rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
  • loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartabdagi, namunaviy, takroran qo'llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha echimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik xujjatlarini ekspertiza qilish;
  • shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;
  • arxitektura, loyihalash va qurilshp sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida o'quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilashga, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko'maklashish.

O'zbekiston respublikasi Qurilish vazirligi to'g'risidagi nizom