• Ishonch telefoni: (+998) 71 244-05-05
Bosh safiha / Hisobotlar

Hisobotlar

AHOLINI YASHASH SHAROITINI YAXSHILASH, AVVALOMBOR YOSH OILALARNI VA UYGA MUHTOJ FUQAROLARNI, SHU JUMLADAN, “OBOD QISHLOQ” VA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA UY-JOYLAR BILAN TAʼMINLASH

QISHLOQLARDA ARZON NAʼMUNAVIY UY-JOYLAR QURILISHI

"Qishloqqurilishinvest" IK

Avvalgi   yillarda  yaʼni 2009-2016  yillar  davomida  Respublika  boʻyicha 65 708 ta uy-joylarning qurilish-montaj ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi. 

2017-yil  boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan  namunaviy loyihalar boʻyicha  arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi 2639-sonli qaroriga asosan Respublikamizda 2017 yilda 14 587 ta  foydalanishga topshirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2693-sonli qaroriga asosan 2017 yilda:

Mahalliy xokimliklar va xududiy idoralar rahbarlari uchun 879 ta xizmat uylari foydalanishga topshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  PQ-2858-sonli  qaroriga  asosan  2017 yilda:

Harbiy  xizmatchilar uchun 361 ta xizmat uylari foydalanishga topshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining PQ-2906-sonli qaroriga  asosan  2017 yilda:

Republikada Proflaktika inspektorlari 816 ta uy-joylar qurilib foydalanishga  topshirildi. 

Oʻzbekiston  Respublikasi Vazirlar  Mahkmasining 2017 yil  4 sentyabrdagi 995-f-sonli  farmoyishiga muvofiq Respublika  boʻyicha jami 7 406 ta  uy-joylar  qurilishi  rejalashtirilgan. Shundan  bugungi  kunda 5 465 tasi foydalanishga  topshirilgan. 

2018 yil  boʻyicha:

2018 yilda naʼmunaviy loyihalar asosida jami 28583 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

Bunda, 26 290 ta arzon uy-joylardir. Shundan, 2-3 xonali koʻp qavatli 389 ta 7364 xonadonli uylar, 2,3,4-xonali 142 ta 4260 xonadonli uylardir. Shuningdek,  2 sotixli bir qavatli 3 xonali 12 642 ta, 4 sotixli 2 qavatli 4 xonali 2024 ta, xizmat uylari 2145 tani tashkil etadi.

2018 yil 18-yanvarda 3480-sonli Qarori va  Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23  yanvardagi  56-f-sonli  farmoyishiga muvofiq, Respublikada jami  22 145 ta  uy-joylar qurilishi  rejalashtirilgan  boʻlib, bugungi  kunda 21 550 ta  uy-joylarda  qurilish-montaj  ishlari  olib  borilmoqda.

Aholini uy joylar bilan taʼminlashda Osiyo taraqqiyot banki, Saudiya rivojlanish jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki investitsiya mablagʻlari jalb etildi.

SHAHARLARDA ARZON UY-JOYLAR QURILISHI

"Shaxarqurilishinvest" IK

2016 yil 22 noyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2660-sonli Qarorga koʻra, 2017 yil dasturiga asosan, Respublika shaharlarida xar tomonlama qulay, energotejamkor jami 191 ta 7919 xonadonli arzonlashtirilgan koʻp kvartirali uy-joylar qurilib foydalanishga topshirildi.

Ushbu uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish boʻyicha Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish “ToshkentboshplanLITI” DUK, “ToshuyjoyLITI” AJ, “Toshgiprogor” AJ va “ShaharsozlikLITI” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

“Oʻzshahar qurilish invest” IK ga 998,16 mlrd.soʻmga kredit liniyalari ochilgan va 871,04 mlrd.soʻm mablagʻlar oʻzlashtirilgan, shundan pudrad tashkilotlariga 858,66 mlrd. soʻm mablagʻ toʻlab berilgan.

2018 yilgi dastur ijrosi boʻyicha:

23.10.2017 yildagi PQ-3350-sonli Qaroriga muvofiq, 2018 yilda Respublika boʻyicha jami 13 917 xonadonli 335 ta uy-joylar qurilishi belgilangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida bergan topshiriqlariga asosan qoʻshimcha qurilishi belgilangan 90 ta uylar hisobiga jami 17 583 xonadonli 425 ta koʻp qavatli uylarni tashkil etmoqda.

Ushbu uy-joylar qurilishi uchun “Oʻzshahar qurilish invest” IKga
3 045,03 mlrd.soʻmga kredit liniyalari ochilib, 2 266,5 mlrd.soʻm mablagʻlar oʻzlashtirilgan, shundan 1 450,5 mlrd.soʻm mablagʻlar pudrad tashkilotlariga toʻlab berildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu uylarni qurish uchun
390,0 ming tonna tsement, 56,3 ming tonna metall sarflanadi. Shundan 357,1 ming tonna tsement va 54,1 ming tonna metall pudrat tashkilotlariga yetkazib berildi.

Shuningdek qurilish ishlari uchun 26 mingdan ortiq quruvchilar hamda 1200 ga yaqin mahsus texnikalar jalb etilgan.

335 ta koʻp qavatli uylardan Mustaqillik bayrami kunlarida Nukus va Urgenchda 10 tadan 5 qavatli, Andijon, Fargʻona va Namanganda har birida 14 tadan 7 qavatli, Buxoroda 10 ta 7 qavatli, Jizzaxda 15 ta 7 qavatli, Samarqanda 16 ta 5 va 7 qavatli, Qarshida 14 ta 5 qavatli, Navoiyda 8 ta 7 qavatli, Sirdaryo va Termezda 10 tadan 5 va 7 qavatli, Toshkent viloyatida 40 ta 7 va 9 qavatli hamda Toshkent shahrida 150 ta 5, 7 va 9 qavatli uylar qurilib, jami 13 818 ta xonadon uy joy bilan taʼminlandi.

2019 yilgi dastur ijrosi boʻyicha:

PQ-3350-son qarorning 2019 yilgi Dasturida respublika boʻyicha qurilishi belgilangan 355 ta koʻp kvartirali uy-joylarni moliyalashtirish boʻyicha kredit liniya ochilishi va dastlabki – yer ajratish qarori chiqarilgan, toposyomka ishlari bajarilgan, uy-joylarning bosh rejasi ishlangan va geologiya xulosasi olingan, 6 ta uy-joylarni loyihani joyiga bogʻlash ishlari bajarishga loyiha tashkilotiga buyurtma xati berilgan, arxitektura rejalashtirish topshiriqlari  bajarilgan.

“OBOD QIShLOQ” DASTURI BAJARILISHI BOʻYICHA:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29 martdagi PQ-3630-sonli qarori “Obod qishloq” dasturi doirasida topshiriqlarni ijrosida quyidagilar bajarildi:

Dastur doirasida jami 159 ta tumanda 416 ta qishloqlar boʻyicha barchasining bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqildi.

Dastur doirasida jami 884 ta ijtimoiy soha obʼektlaridan 107 ta yangi qurilish  ijtimoiy obʼektlarini, 184 ta rekonstruktsiya va 593 ta mukammal taʼmirlanadigan obʼektlarning tashkil etadi.

Dastur boʻyicha ijtimoiy obʼektlari boʻyicha:

361 ta umumtaʼlim maktablari, 266 ta ta maktabgacha taʼlim muassasalarinin va 160 ta sogʻliqni saqlash muassasalari va 97 ta maxalla fuqarolar yigʻinlarining barchasining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza xulosalari olinib qurilish ishlari davom etmoqda.

Bozor infratuzilma obʼektlari boʻyicha:

Respublika boʻyicha 2042 ta bozor infratuzilma obʼektlaridan 954 tasi (46,7%) qurilib foydalanishga topshirildi.

Jumladan, Respublika boʻyicha rejadagi 1374 ta maishiy xizmat koʻrsatish majmualaridan 666 tasi qurilib foydalanishga topshirildi. Shuningdek, 127 ta xammomlar, 88 ta sartorashxonalar, 52 ta goʻzallik salonlari va 42 ta kichik tikuvchilik tsexlari qurilib foydalanishga topshirildi.

Dastur doirasida Respublika boʻyicha taʼmirtalab 129515 ta yakka tartibdagi uy-joylarni taʼmirlash rejalashtirilgan.

 “OBOD MAHALLA” DASTURINI BAJARILISHI BOʻYICHA:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi PQ-3812 qaroriga koʻra, “Obod maxalla” dasturi asosiy parametrlari va tegishli bayonlariga muvofiq quyidagilar bajarildi

Birinchidan: 2018 yilda respublikaning 30 ta shaharida 2 tadan va Toshkent shahrining 11 ta tumanida har bir sektorida 2 tadan (xar bir tumanda 4 ta sektor)  jami 88 ta maxalla bilan xisoblaganda umumiy 148 ta maxallada taʼmirlash, ichimlik suv, elektr , tabiiy gaz tarmoqlari, ichki yoʻllar, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obʼektlarini qurilish-taʼmirlash ishlari bajarilmoqda.

Ikkinchidan: dastur doirasida barcha maxallalar bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari yuzasidan biriktirilgan loyixa tashkilotlari bilan birga topoxarita va geologiya ishlari, bosh reja chegaralarini koʻrib chiqish jarayoni ketmoqda.

Uchinchidan: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi PQ-3812 qaroriga koʻra, “Obod maxalla” dasturi doirasida 104 ta maxallalarning bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqildi.

2018 YIL INVESTITSIYA DASTURI BOʻYICHA:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yil investitsiya va infratuzilma loyihalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3507-son qaroriga asosan, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq, 2018 yilda markazlashtirilgan va unga tenglashtirilgan mablagʻlar hisobiga 1133 ta ijtimoiy soha obʼektlarining qurilishi, rekonstruktsiya  va kapital taʼmirlanishi koʻzda tutilgan boʻlib, jumladan 17 tasi avvalgi yillardan oʻtuvchi va 1116 tasi yangidan boshlanuvchidir.

Investitsiya dasturiga kiritilgan 1133 ta obʼektlardan, 14 tasi akademik litsey va kasb-hunar obʼektlari, 357 tasi umumtaʼlim maktablari, 341 tasi sogʻliqni saqlash, 370 tasi maktabgacha taʼlim muassasalari, 6 tasi musiqa va sanʼat maktablari, 37 tasi oliy taʼlim muassasalari va 8 tasi ilmiy taʼlim muassasalari obʼektlaridir.

Yuklab olish      (157 KB)