• Trust number: (+998) 71 244-05-05
Homepage / Statistical data

Statistical data

O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining  2018 yil Investitsiya dasturi ijrosi boʻyicha 2018 yil 1 yarmida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 

STATISTIK MA'LUMOTLAR

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yil investitsiya va infratuzilma loyihalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3507-son qaroriga asosan, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq, 2018 yilda markazlashtirilgan va unga tenglashtirilgan mablagʻlar hisobiga 1114 taijtimoiy soha obʼektlarining qurilishi, rekonstruktsiya  va kapital taʼmirlanishi koʻzda tutilgan boʻlib, jumladan 17 tasi avvalgi yillardan oʻtuvchi va 1097 tasi yangidan boshlanuvchidir.
Investitsiya dasturiga kiritilgan 1114 ta obʼektlardan, 14tasi akademik litsey va kasb-hunar obʼektlari, 356 tasi umumtaʼlim maktablari, 305 tasi sogʻliqni saqlash, 367 tasi maktabgacha taʼlim muassasalari, 6 tasi musiqa va sanʼat maktablari, 66 tasi vazirlik va idoralarning obʼektlaridir.                            

Joriy yilning 5 iyul xolatiga yangidan boshlanuvchi 1097 ta obʼektlardan1036 (93%) tasiga loyiha-smeta xujjatlari tayyorlangan boʻlib, 908(82%) tasiga davlat ekspertiza xulosasi olingan,691(62%) tasiga pudrat tashkilotlari aniqlangan, 665(60%) tasiga moliyalashtirish ochilgan.
Dasturga kiritilgan 1 036 ta obʼektlarda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan boʻlib, 78 ta obʼektlarda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi yakunlanmagan. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 7 ta, Andijon - 10 ta, Buxoro - 1 ta, Jizzax - 2 ta, Qashqadaryo - 5 ta, Samarqand –4 ta, Surxondaryo- 1 ta, Sirdaryo- 14 ta, Toshkent viloyati - 23 ta, Fargʻona - 3 ta, Toshkent shahri - 7 ta, Sogʻliqni saqlash vazirligi - 1 ta obʼektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining muddatida tayyorlanishi nazoratga olinmagan.
Ishlab chiqilmagan loyiha–smeta xujjatlarining 75 tasi maktabgacha taʼlim muassasalari, 1 tasi musiqa va sanʼat maktabi, 1 tasi sogʻliqni saqlash muassasasi, 1 tasi Sogʻliqni saqlash vazirligi obʼekti hissasiga toʻgʻri keladi.