• Trust number: (+998) 71 244-05-05
Homepage / International cooperation

International cooperation

Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bir necha chet el tashkilotlari va chet el davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan.
2018 yil davomida halqaro tashkilotlar va chet davlatlar vakillari bilan bir qancha uchrashuvlar oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida barpo etilayotgan yirik qurilishlarda chet ellik kompaniyalarining ishtiroki koʻzda tutilgan. Jumladan Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Koreya Respublikasi, va boshqa davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Germaniyaning “Knauf” kompaniyasi va loyiha tashkilotlari bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda xajmiy bloklardan quriladigan yangi koʻrinishdagi arzon va yengil uylar qurilishi boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Koreya Respublikasining “Heerim & Architectes” kompaniyasi bilan amaldagi shaharsozlik xujjatlarini takomillashtirish va aktuallashtirish boʻyicha maslaxatlashuvlar oʻtkazildi. Xozirda mazkur kompaniya bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qo'yish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. 
2018 yil davomida Toshkent arxitektura va qurilish instituti, Samarkand davlat instituti tamonidan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, institutlar raxbariyati Vengriya, Rossiya va Xitoy davlatlarida boʻlgan xorijiy safarlari davomida bir nechta oliy taʼlim muassasalari bilan tegishli bitimlar, kelishuvlar imzolangan. Institut talabalari va oʻqituvchilari tizimli ravishda halkaro koʻrgazma, simpozium, konferentsiyalar va oʻkuv kurslarida ishtirok etib qaytishmoqda.